Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning avgust oyida yirik sanoat korxonalari tomonidan 61,4 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 430,0 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,9 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, 2022- yil yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan shakar ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori ulush Toshkent viloyati hissasiga (57,7 %) toʻgʻri kelib, ishlab chiqarish hajmi 248,3 ming tonnani tashkil etdi.
Axborot xizmati