10/11/2022

    2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 3,7 % ga o‘sdi va 21 167,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 24,8 %), sanoatda 101,0 % (26,6 %), qurilishda 108,4 % (8,8 %) va xizmatlar sohasida 106,3 % (39,8 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,2 % ga o‘sdi va 10 802,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Axborot xizmati