Joriy yilning 14-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Qo‘ng‘irod tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi A.Oralbaev bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.
Axborot xizmati