Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 1170,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 97,7 % ga kamaydi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 94,6 % ni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 78,5 % ga o‘sdi va 67,2 mlrd. so‘mni tshkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 5,4 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati