Joriy yilning 11-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Mustaqilligimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori 2025-yil 10-iyul kungi PQ–222-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.