2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 120,5 ming tonna go‘sht yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 3,5 % ga ko‘p. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,5 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Axborot xizmati