29/03/2023

    Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpoq‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 2437,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 76,9 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 2067,1 mlrd. so‘m jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi esa 84,8 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati