30/03/2023

    Joriy yilning 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti yuridika fakulteti o‘qituvchisi R.O‘mirzakov ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida” tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlarining barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining yangilanayotgan konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini oʻrganish va joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendumning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotidagi muhum ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati