31/03/2023

    2023-yilning yanvar-fevral oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) toʻgʻri keladi. Ularning ulushi 65,7 %ni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlari 17,8 %ni, axborot sohasidagi xizmatlar - 8,4 %ni, nashriyot xizmatlari - 4,3 %ni, shuningdek boshqa aloqa xizmatlari - 3,8 %ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati