So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-iyul holatiga Taxtako‘pir tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 38,9 ming kishini tashkil qildi.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Mo‘ynoq tumani tashqi savdo aylanmasi 12,0 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport  10,5 mln. AQSh dollarni, import 1,5 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi  9,0  mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyul holatiga koʻra, respublikamizning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 179,7 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 1,5 % ga to‘g‘ri keldi.

2024-yil yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 370,3mln.AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 32,8 % ga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami  3 433,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 106,4 %  ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 14,9 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 21-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov bilan birgalikda Nukus tumani “Qutankól” MFYda 1-DX dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuv jarayonlarida ishtirok etdi.

Joriy yilning 21-avgust kuni Bo'zatov tumanida statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi O. Zinelov tomonidan tumanida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 20-avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Nukus tumanida xizmat safarida boʻlib, tuman statistika boʻlimi bosh mutaxassisi J.Sapashov bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Taxiatosh tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 208,8 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 100,7 % ni tashkil qildi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Beruniy tumanida jami 215 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan: faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 155 tani tashkil etgan.

2024-yil 1-avgust holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3 174 taga yetdi.

2024-yilning yanvar- iyun oylarida Xo‘jayli tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 21,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 112,3 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Chimboy tumanida 235,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Bozatov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 32,9 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 5.285,4 mingtaga yetdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Beruniy tumanida jami 751 ta nikoh va 81 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 39 taga kamaygan.