2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 5.285,4 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 103,9.% ni tashkil etdi.
Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 4.208,6 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.