So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 9,1 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,0 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 9,7 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 1740,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi

2024-yilning yanvar-iyun oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 93,2 % ni tashkil etib, 2023-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 213,8 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1-avgust kuni Statistika Agentligi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Xodjayev Dilmurod Faxriddinovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov bilan birgalikda Nukus tumani “Arbashı” OFYda 1-DX dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuv jarayonlarida ishtirok etdi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Mo‘ynoq tumanida jami 48 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 14 taga ko‘paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 40 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun holatiga Beruniy tumanining doimiy aholisi 206 ming 787 kishini tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 171,7 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,2 foizni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-iyun oylari holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 177 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Amudaryo tumanida 172,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,5 foizni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,8 % ni, fizik hajm indeksi 112,6 % ni tashkil qildi hamda ishlab chiqarish hajmida 64,6 mlrd. so‘m kuzatildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Nukus tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 151,8 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 154,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qorao‘zak tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 358,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 623,9 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 96,5 % ini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 31,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 674,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.