2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 31,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 111,6.% ni tashkil etdi.
Kartoshka yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, kartoshka yetishtirishning eng katta hajmi – 21,1 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.
Axborot xizmati