So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,9 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 111,2 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 160,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Turkiya, XXR, Rossiya, Qozog‘iston, Latviya, Estoniya, Pokiston va Afg‘oniston kabi davlatlar bo‘lgan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 106,1 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 136,9 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 545,9 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 824 taga yetdi.

2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 709 ta miqdorida qayd etildi.

2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 7 176 taga yetdi.

2024-yil 1- iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasibo‘yicha axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 489 taga yetdi.

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 907 ta miqdorida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 011,6 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (30187,7 ming so‘m),elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (6870,8 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (5993,6 ming so‘m) da kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 73,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida 2024-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 2 015,0 ming kishini tashkil etib,yil boshiga nisbatan 12,3 ming kishiga yoki 0,6 % ga ko‘paydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Stata dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 129,9 ming t. donli ekinlar 2023-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 12,6.% ga ko‘p, 31,7 ming t. kartoshka 11,6.% ga ko‘p, 52,5 ming t. sabzavotlar 5,3.% ga ko‘p, 9,1 ming t. poliz 17,7.% ga ko‘p, 11,5 ming t. meva va rezavorlar 6,7.% ga ko‘p, 0,4 ming t. uzum 4,8.% ga ko‘p yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 18,6 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 4,8 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 1540,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 20 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat yuritmoqta, shundan yangi tashkil etilganlari 1 792 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik 7 938,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi 2023-yilning yanvar-iyun oylarida – 6 596,5 mlrd. so‘m. yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 52,7 % ni 2023- yilning yanvar-iyun oylarida – 52,9 % tashkil qildi.