Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 545,9 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 12,4 % ga oshgan. 2024-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 3 235,5 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati