So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 16-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yiling 16- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  statistika boshqarmasi investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim boshlig‘i S.Muxamatdinov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.

2024-yil yanvar- noyabr oylarida Taxtako‘pir tumanida 61,5  mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-noyabr oylarida Mo‘ynoq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 1416,3 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,9 foizni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Amudaryo tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 65,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Beruniy tumanida 768,3 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 22,5 % ni tashkil etgan,