2024-yiling 16- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim boshlig‘i S.Muxamatdinov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshuruvchi respondentlar hamda tuman shahar statistika bo‘lim xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Muloqot davomida hisobotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali kamchiliklarsiz sifatli topshirish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.