So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Nukus tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 15 316,1 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Joriy yilning 11- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuniga bag‘ishlab, “Yurakni mahd etgan sado!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2024- yil yanvar-sentabr holatiga, Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 491,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Qorao‘zak tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 672,6 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etgan.

2024- yil 1- noyabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 111 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 111 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 20,1 %, sanoat – 21,0 %, qurilish – 8,8 % va xizmatlar sohasi – 50,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 3-4-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqalari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan Tailandning Bangkok shahrida Shimoliy va Markaziy Osiyoda migratsiyaga oid dalillar bazasini mustahkamlash bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etildi.

Joriy yilning 9–13-dekabr kunlari Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtayotgan BMT Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 9-sessiyasi va Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti Boshqaruv kengashining 20-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda. 

2024-yil yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 263,3 ming tonna sut yetishtirildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 5,4 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 13,3 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 859,9 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida Xo‘jayli tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 223,4 mlrd so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 foizni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida To‘rtko‘l tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 60,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 121,5 % ni tashkil etgan.