So'nggi yangiliklar

2024- yil 1- noyabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 589 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 75 tani,kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 514 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 15899,4 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 83,9 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasinig tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 31,0 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 29- noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari S. Bekmuratov Xo‘jayli tumanida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Orazimbetova bilan birgalikda tumanda 4-tr (jsh) (Shaxsiy avtomototransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risidagi so‘rovnomasi) choraklik statistika kuzatuvi o‘tkizildi.

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 306,0 mlrd so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 1,6 % ga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 363,4 mingtaga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 33,6 % ni tashkil etdi yoki 2 299,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

2024- yilning yanvar- sentabr oylarida Beruniy tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 48,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qorao‘zak tumanida 214,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,5 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Nukus shahrida jami 251 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 49 taga kamaygan.

2024-yilning 1-oktabr holatiga Chimboy tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 116,3 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,6 ming kishiga yoki 0,5 foizga ko‘paydi.