2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 363,4 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan solishtirganda 102,2 % ni tashkil etdi.
Sigirlar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 330,3 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.