So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 952,8 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,8 %ga oshgan.

2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 3254,3 mlrdn. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil 1-sentabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxonalar soni 3 280 tani tashkil etdi.

2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan taʼminlash boʻyicha tovar aylanmasi hajmi 228,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,9 tonna daftar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot va aloqa sohasida 155 ta yangi korxonalar (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz)  tashkil etilib, ular 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,0 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 4,0 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 9,4 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 361,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2023-yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2214,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 107,8% ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar importi hajmi 11 516,3 ming. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 8,4 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 101,0 % ga koʻpaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 24,4 % ni tashkil etdi yoki942,3 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 1,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 4 552 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 454,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 %ga oshgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan shifokorlar  soni 5 420 nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ma’muriy sudi sudyalari R.Xudaybergenova hamda J.Aymag‘anbetova ishtirokida seminar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil 1-sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.