26/09/2023

    Joriy yilning 26-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ma’muriy sudi sudyalari R.Xudaybergenova hamda J.Aymag‘anbetova ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirishlar berip o‘tildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida hamda sudga murojaat etish tartiblari haqida aytib o‘tildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati