So'nggi yangiliklar

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilingan.

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining savdo tarmog‘ida 855,4 mlrd so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yuqoridir.

2024- yilning yanvar-avgust oylari holatiga Taxtako‘pir tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,2 mln AQSH dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Mo‘ynoq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 46,1 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 108,3 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 629,5 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-sentabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 562 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Chimboy tumanida 319,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 11,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 5360,0 mlrd so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida  Kegeyli tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 201,4 mlrd so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,6 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 134,3 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 292,0 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning yanvar-avgust oylari holatiga Nukus tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 7,2 mln AQSH dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Qonliko‘l tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 269,8 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,8 % ni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Xo‘jayli tumanida 500,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,4 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust  oylarida Sho‘manay tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etgan.