2024- yilning yanvar-avgust oylarida Xo‘jayli tumanida 500,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,4 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 5,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, transport va ta’lim sohasidagi xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3883,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.