So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 668,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 4-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 2024-2025 o‘quv yilida ilk marta maktabga ostonosiga qadam qo‘ygan soha xodimlarning farzandlariga darslik qurollari topshirildi.

2024-yilning yanvar- iyun oylarida Kegeyli tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,2 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida 124,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining YAHMi o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,7 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,6 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,7 f.p., xizmat ko‘rsatish sohasi – 2,3 f.p. va mahsulotlarga sof soliqlar – 0,4 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

2024-yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,9 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 110,1 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 188,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Beruniy tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 206,8 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 1,7 ming kishiga yoki 0,8 foizga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 268,2 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chimboy tumanida jami 317 ta nikoh va 60 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 13 taga kamaygan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Bozatov tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 4,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 110,7 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida 154,4 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 30- avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi” munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning obod turmushini ta'minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanni sevish va mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi birinchi bo`lim bosh mutaxassisi Kutlımuratova Guljaxan Doshımuratovna «Vatan fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 30-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 29-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Chimboy tumani “Orjap” MFYda 1-DX dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuv jarayonlarida ishtirok etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Mo‘ynoq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 191,4 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,2 % ni tashkil etdi.