Joriy yilning 30-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonuniga hamda Fuqarolik prosessual kodeksiga kiritilayotgan qo'shimcha va o‘zgartirishlar haqidagi O‘zbekiston Respublikasining “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Shuning bilan birga, mahkumlarning o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishiga, sha'ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo'lgan huquqlari mustahkamlanganligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.