So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-may oylarida Sho‘manay tumanida 86,0 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,2 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 1,5 % ga to‘g‘ri kelmoqda.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 21-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni oʻrtacha 98 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 33,4 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,6 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 15 923,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 3 768,9 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Chimboy tumanida 181,0 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 3,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda.

 Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 119 tani tashkil etdi.

2024-yil 1-iyun holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 24 907 tani tashkil etib, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 21 006 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 130 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

2024-yil yanvar-may oylarida Nukus tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 133,8  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 179,5 foizni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-may oylarida Beruniy tumanida 134,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 110,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Qorao‘zak tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 199,7 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Amudaryo tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 5,9 mln. AQSh dollariga yetdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1- iyun holatiga, 399 199 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 6 580,6 ming soʻmni (yoki 527,5 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.