So'nggi yangiliklar
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 14-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Bekmuratov Nukus shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar- sentabr oylarida Qorao‘zak tumanida jami 41 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 7 taga kamaygan.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar- sentabr oylarida Qo‘ng‘irot tumanida jami 617 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, nikohlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 78 taga kamaygan.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- oktabr holatiga Kegeyli tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 75,2 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,4 ming kishiga yoki 0,5 foizga ko‘paydi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Ellikqal’a tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 42,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 121,4 % ni tashkil etgan.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Beruniy tumanida 590,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 3,0 % ga to‘g‘ri kelmoqda.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Taxtako‘pir tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 245,0 mlrd so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,9 % ni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Taxiatosh tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4,8 mln dona tuxum ishlab chiqarildi. O'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ga yetgan. Respublika bo'yicha tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari umumiy hajmida mazkur hududning qo'shgan hissasi 1,8 % ga to'g'ri kelmoqda.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Moynaq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 626,1 tonna sabzavotlar yetishtirildi. O'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 67,8 %ga yetgan. Respublika bo'yicha yetishtirilgan sabzovotlar umumiy hajmida mazkur hududning qo'shgan hissasi 0,3 %ni tashkil etmoqda.
2024-yil yanvar-sentabr holatiga, To‘rtko‘l tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 089,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Nukus tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13 357,5 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 159,2 % ni tashkil etgan.
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
14/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil yanvar-sentabr oylarida To‘rtko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 332,8 mlrd so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 87,4 % ni tashkil qildi.
2024- yil yanvar-sentabr oylarida Taxiatosh tumanida 215,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil etdi.
81-sahifa 393 dan



