20/01/2025

    Joriy yilning 17- yanvar kuni, O‘zNNTMA Qoraqalpog'iston hududiy bo‘linmasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, Soliq va Statistika boshqarmalari bilan hamkorlikda Nukus shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi» majlislar zalida “Siz hisobotlarni topshirdingizmi” xeshtegi ostida “Elektron xisobot topshirishda NNTlarning salohiyati va xabardorligini oshirish yo‘llari” bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarni O‘zNNTMA Qoraqalpog'iston hududiy bo‘linmasi boshlig'i Q.Karimxodjaev olib bordi, u o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 3- martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi PQ-5012-son Qarorining 3-bandi talablaridan kelib chiqqan holda 2025- yilning 1- fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g'ri topshirishlari kerakligi belgilanganligi haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Qoraqalpog'iston Respublikasi Statistika boshqarmasi mutaxassisi N. Baltabaev tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlarning 2024- yildagi faoliyati to‘g'risidagi hisobotlarni e-stat-4 portali orqali elektron shaklda taqdim qilish haqida” slayd shaklida tushunchalar berildi.

Seminar so‘ngida O‘zNNTMA Qoraqalpog'iston hududiy bo‘linmasiga yangi a'zo bo‘lgan NNTlarga a'zolik guvohnomasi topshirildi. Seminar so‘ngida berilgan  savollarga soha mutaxassislari tomonidan aniq javoblar berildi.