So'nggi yangiliklar

2024-jıl yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 69,5  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,5 foizni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida jami 361 ta nikoh va 32 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 7 taga kamaygan.

2023-yil davomida Buyuk Britaniyadan  Oʻzbekistonga 16,2 ming nafar turistlar tashrif buyurgan.

Joriy yilning 23-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  boshlig‘i o'rinbosari K.Omarov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i I.Narbaev bilan birgalikda Nukus shahar  “Amanliq guzari” MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Qo‘ng‘irot tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 5,6 mln. AQSh dollariga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklarida 432,9 tonna sut yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 101,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 123,4 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida yirik korxonalar tomonidan 23 913,3 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,4 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Shumanay tumanida jami 76 ta nikoh va 18 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 4 taga koʻpaygan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 3310,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 107,1 % ga yetdi.

 Joriy yilning 23-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi  boshlig‘i o'rinbosari K. Omarov va Taxiatosh tumani statistika boʻlimi bosh mutaxassisi G.Karabaev tomonidan Taxiatosh tumanida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2024-yil yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 184,0 mln. AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 18,5 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 22-may kuni Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F. Berdibaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi o‘rinbosari S. Bekmuratov bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “LANEXTRAKT MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi” MCHJ, “Chimboy don” MCHJ, “SHIMBAY MAY  AJga qarashli SHIMBAY MAY INVEST sho`ba korxonasi” MCHJ, korxonalariga borib, ushbu korxonaning faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning 22-may kuni Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F. Berdibaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari S. Bekmuratov Chimboy tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi O. Saparbaev bilan birgalikda Chimboy tumanida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 29-apreldagi 71-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 21-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i P. Boranbaev hamda mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida “Nukus temir yo‘l vokzali”da O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 22-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi  boshlig‘i o'rinbosari K. Omarov va Xo‘jayli tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi R.Orazimbetova tomonidan Xo‘jayli tumanida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 22-may kuni Kegeyli tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Baxadir Bekimbetov tomonidan Kegeyli tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2024 yilning 1 may holatiga koʻra, Bo‘zatov tumanida kichik tadbirkorlik subʼektlar soni 422 ta korxona boʻlib, shundan 317 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.