So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-sentabr holatiga Qo‘ng‘irot tumanida jami 121 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 95 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Nukus shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 4606,9 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 9-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning 9- sentabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Chimboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 226,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga Taxtako‘pir tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 6 tani tashkil qilib, 4 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning 1- sentabr holatiga To‘rtko‘l tumanida jami 598 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 491 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Taxiatosh tumanida 168,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida To‘rtko‘l tumanida jami 728 ta nikoh va 121 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 35 taga koʻpaygan.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 11,5 ming tonna meva va rezovorlar yetishtirildi.

2024- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi mebel ishlab chiqarish sanoatining ulushi 1,0 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 68,1 % ni tashkil etdi hamda ishlab chiqarish hajmi 101,3 mlrd. so‘m ekani kuzatildi.

Joriy yilning 9-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham Xonatlas festivaliga munosib hissa qo‘shib, go’zal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Beruniy tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 35,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 113,3 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34 180,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Ellikqal’a tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 377,3 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 108,2 % ni tashkil qildi.

2024- yil yanvar-iyul oylarida Shumanay tumanining tashqi savdo aylanmasi 7,8 mln AQSH dollariga yetdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.