So'nggi yangiliklar

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,0 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 104,1 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Qorao‘zak tumanida xizmat safarida bo‘lib,  tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassis Q. Aytjanov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo ob’ektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 56,7 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 218,9 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,8 %ga oshgan.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 42 945 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami  659,9 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 61,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 102,0 % ni tashkil etgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 7 719,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 104,6 % ga o‘sdi.

2023-yil 1-noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 2 858 tani tashkil etib, 2022-yil 1-noyabrga nisbatan 9 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 100,3 %).

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 23,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 %ga koʻpaydi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida savdo sohasida 28 848 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 407,2 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 39,7 %ga oshgan.

Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki missiyasi bilan “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

2023-yilning 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 21,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 mingtaga kamaygan yoki 7,7 % ga pasaygan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 201,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,4 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 787 tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 barobarga oshgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida jami 50,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpoq‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 14814,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,9 % ni tashkil etdi.