Korrupsiya davlat boshqaruvi tizimini yemirishi, davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilariga salbiy munosabatni vujudga keltirishi, hokimiyatning obro‘sizlanishiga sabab bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish barcha davlat tashkilotlarining ustuvor vazifasi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xizmatchilari, shu jumladan, statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan poraxo‘rlik, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi davlatning va statistika tizimiga siyosiy, iqtisodiy, huquqiy putur yetkazib, xalqimizning statistika sohasiga bo‘lgan ishonchi pasayishiga olib keladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat mansabdor shaxslar, balki fuqarolar ham faollik ko‘rsatishi talab etiladi. Ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda fuqarolar 2017-yilning 3-yanvarida qabul qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunning asl mohiyatini bilish bilan birga, uning jamiyat rivoji uchun to‘siq va g‘ovlarni birgalikda yengishda muhim huquqiy hujjat ekanligi ni anglab yetmoqda.
Axborot xizmati