So'nggi yangiliklar
15/05/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-mart oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 7,0 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.
15/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 14-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Koshniyazov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.
12/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov Amudaryo tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i X.Xaytimbetov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.
12/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 514,4 tonna gilos sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 25,5 %ga oshgan. Oʻzbekistonda 2023-yilning mart oyida yirik korxonalar tomonidan 751,7 tonna gilos sharbati ishlab chiqarildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Taxtako‘pir tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 19,1 mlrd. so‘mni yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,1 foizni tashkil qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,2023- yilning 1 aprel holatiga Taxtako‘pir tumanida jami 76 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 3 taga ko’paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 66 tani tashkil etgan.
12/05/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 155.6 mlrd.so`mni yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 100.2 % ni tashkil qildi.
2023-yil 1-aprel holatiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida parrandalar umumiy bosh soni 648 ming taga yetdi.
12/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 273,8 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 12,7 % ga oshgan.
12/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Bo‘zatov tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Klishbaev bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
11/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Karimov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.
11/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Koshniyazov bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 347,2 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 foizni tashkil qildi.
11/05/2023 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga Mo‘ynoq tumanining doimiy aholi soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Qonliko‘l tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 70,6 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil qildi.
11/05/2023 • So'nggi yangiliklar
2022/2023- o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasida nodavlat umumta’lim muassasalar soni 3 tani tashkil etdi.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,7 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Qonliko‘l tumanida 18,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 110,8 foizni tashkil etdi.
222-sahifa 330 dan