So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 13 051,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar - may oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 1033,4 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 55,8 % ini tashkil etdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,4 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 91,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,2 % ga o‘sgan va ishlab chiqarish hajmi 754,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-may oylarida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 2,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 85,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 33,2 % ga o‘sgan va ishlab chiqarish hajmi 158,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 68,7 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 118,6 % ni tashkil etgan.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2022- yil yanvar-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1026,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 14,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 30-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3334-sonli  qarori, Oʻzbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi  OʻRQ-457-sonli Qonuni, shuning bilan birga, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligi haqida ma’lumotlar  berib o‘tildi.

Joriy yilning 30- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqamasida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga yurtimizda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

2022- yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1,6 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 90,1 %, yoki 1466,8 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 108,2 % tashkil etdi.

Joriy yilning 29- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida, boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan tizim xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qo’shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga, Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qariyb 23 mln. ni tashkil etgan.

2022- yilning 1- iyun holatiga 1,5 mln. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.