So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (25 865,0 ming so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5 945,9 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (4 609,6 ming so‘m)da kuzatildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 22 844 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 156,1 foizni tashkil etdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 73,5 yoshni tashkil etgan. Erkaklar uchun 71,4 yoshga, ayollar uchun esa 75,6 yoshga teng.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 53,7 ming tonna sut ishlab chiqarildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 45,5 % ni, fizik hajm indeksi 76,3 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1729,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 168,3 ming tonna gips ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3-martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,9 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 948,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 1- aprel holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 109 011 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 167,2 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 5,4 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 668,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasida 25,1 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  16,4 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 1269,8 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 94,9 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7,4 ming tonna margarin va spred ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,9 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 60,9 ming tonna toshkoʻmir qazib olingan boʻlib, 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 2 436,0 mlrd. soʻmga teng boʻldi.