So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Respublikamizda jami 2076,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 118,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 22,4 % ni tashkil etib, bu 608,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 10 618,0  mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 6,0 % ga o‘sdi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 994,6 ming. so‘mni 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 102,7 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 385,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 20-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova hamda  yetakchi mutaxassisi T.Prenovlar tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 19-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Xo‘jayli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bosh mutaxassisi J. Saparov bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 50,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi  115,4 mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 1968,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 104,1 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida import hajmi 55,2 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 110,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar 2023- yil yanvar-mart holatiga  tumanlar kesimida:

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasining  shahar joylarida 379 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

2023-yil yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash   boʻyicha xizmatlarning ulushi 85,0 % bilan ustunlik qildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 284,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 7,7 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarning mos davriga dinamikasi quyidagicha:

2023- yilning yanvar-mart oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 650,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.