So'nggi yangiliklar

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qanliko‘l tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 488 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, koʻrsatilgan savdo xizmatlarining eng yuqori hajmi joriy yilning noyabr oyi (diskret oy)ga toʻgʻri kelib, 10 313,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 78,5 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5818,6 tonna baliq ovlandi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,7 % ni, fizik hajm indeksi 118,2 % ni tashkil qildi hamda ishlab chiqarish hajmida 96,3 mlrd. so‘m kuzatildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 418,8 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 30,7 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston  Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 632,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 8 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan oilaviy korxonalar soni 67 717 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Amudaryo tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 50 010 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 175,3 ming dona avtomobil oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Shumanay tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 16,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 125,0 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida shifoxona muassasalarining xizmatlari salmoqli qismni egallaydi. Ularning ulushi 39,7 foizni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 463,7 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 86,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 201,7 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 4,7 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 21,5 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 680,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 237,5 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 255,8 ming tonna sut ishlab chiqarildi.