So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 7798,7 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 85,8 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 278,8 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 82,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida,jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 223,1mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning shashka turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 3 449 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollar 1 341 nafarni (jamiga nisbatan 38,9 %) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 41,9 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 101,3 %), 139,2 ming tonna – sut (102,7 %), 183,7 mln. dona – tuxum (102,2 %) yetishtirildi va 3 939 tonna – baliq (107,9 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 100,6 ming tonna koʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,5 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyul oyida jami 4 208 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpoq‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 9086,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 90,8 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- avgust holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 2858 tani tashkil etib, 2022- yil 1- avgustga nisbatan 9 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 100,3%).

2023-yilning yanvar-iyul oylarida,Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3334,6 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 830,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 167,8 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 32,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 8 944 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik  biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 4967,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 103,0 % ga o‘sdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 135,9 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,5 % ini tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 26,2 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 038,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.