Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Oʻrganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.
Oʻrganish natijalari boʻyicha hududlar kesimida tahliliy maʻlumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar koʻrilmoqda.
Axborot xizmati