26/12/2023

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 972,1 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,3 % ga oshgan.

Joriy davrda yetishtirilgan don va dukkakli don hajmini boshqa toifadagi xoʻjaliklar bilan taqqoslaganda, yuqori koʻrsatkichlar 5 532,5 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 79,3% i fermer xoʻjaliklarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati