2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 5 851,5 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davri bilan solishtirganda 112,6 % ni tashkil etdi.
Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 3 922,8 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.




