So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 280,4 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1226,1 ming taga yetdi.

2022/2023- o‘quv yili boshida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transporti yo‘lovchi  aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,5 % ni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 90,8 % ni tashkil etgan bo‘lib, 2022- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 102,0 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 281,3 ming dona televizorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 28,3 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida trolleybus transportida 344,7 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 53,1 % (225,1 ming. yoʻlovchi)ga koʻpdir.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida 50,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 102,4 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida  Qonliko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 82,6 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,4 foizni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 3 300,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 82,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sigirlarning umumiy bosh soni 345,4 ming taga yetdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida 194,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,6 % ni tashkil etdi, shuning bilan birga nodavlat sektorida
194,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulot ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 100,0 % tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida tramvay transportida 1 742,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 374,2 mingga koʻpdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 233,4 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 93,6 % ni tashkil etib, 2022- yilga nisbatan o‘sish sur’ati  101,6 % ni tashkil qildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 3,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etgan.