20/12/2023

    Joriy yilning 19-dekabr kuni Statistika agentligi Sport targ‘ibotchisining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur yig‘ilishda Statistika agentligining yosh kadrlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Statistika agentligining Sport targ‘ibotchisi Bobur Djalilov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlarida belgilangan sog‘lom turmush tarzi hamda davlat organlari va tashkilotlarida sportni rivojlantirishga oid chora-tadbir dasturlariga muvofiq topshiriqlar ijrosi yuzasidan Statistika agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va uning samaradorligi to‘grisida hisobot taqdim etdi.

Sport targ‘ibotchisi tomonidan kelgusi yil uchun rejalashtirilgan sport tadbirlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilari tomonidan Sport targ‘ibotchisining hisoboti va sport mavzusiga doir berilgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

Shuningdek, Statistika agentligi tibbiy xodimasi Shahlo Mansurova “Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish sog‘lom hayot g‘arovidir” mavzusida o‘zlarining fikr-mulohzalari va maslahatlarini berib o‘tdilar.

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

Axborot xizmati