So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 308 tani tashkil etdi.

2021- yil  yanvar-dekabr oylarida respublika  bo‘yicha  koʻchib kelganlar soni 11826  kishini  tashkil etdi etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 4048 kishiga ko‘paygan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 170 tani tashkil etdi.

2022- yilning yanvar oyida Oʼzbekistonda 6 956,2 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022- yilning yanvar oyida 97,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 21- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida  Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

2022- yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 49,4 mln. AQSH dollariga teng boʻldi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 28,8 % ni, sanoat –26,7 % ni, qurilish – 8,5 % ni va xizmatlar sohasi – 36,0 % ni tashkil etdi.

Statistika organlariga taqdim etiladigan “Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida hisobotining1-nnt shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2022- yil 2-martdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 270,9 ming tonna donli ekinlar yetishtirildi. 2020- yilning mos davriga nisbatan 97,4 % ni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xizmatlar sohasining rivojlanishi (2022-yanvar oyida)

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarda yuqori o‘sish Qashqadaryo (43,9 %), Sirdaryo (43,7 %), Surxondaryo (42,0 %), Samarqand (34,3 %) va Namangan (32,6 %) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (36,3 %) kuzatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmas ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:

2021- yilda Oʻzbekiston xorijga qiymati 22,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 82,9 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari, shahar va tuman stastistika bo‘limli xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining bo’lim prokurori A.Esemuratov tomonidan seminar o‘tkazildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 16621,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,4 % ni tashkil etdi.

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra 15 524 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 915 ga yoki 14,1 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Qoraqalpog’iston Respublikasida 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 1,4 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 mingtaga ko‘paygan.