15/12/2023

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan tadbirlar tashkil etildi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-87-son Farmoni 21-bandida belgilangan vazifasining ijrosini taʼminlash. Xususan, xotin-qizlarni onkologik skriningdan oʻtkazishni taʼminlash, ayollarni oʻz yashash hududlarida onkoskrining tekshiruvidan oʻtkazilishini Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti tomonidan nazoratga olish kabi farmonda belgilangan masalalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i, Xotin-qizlar tashkiloti raisi Zulhumor Talipova mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. Ishtirokchilar boshqarmada tashkil etilgan Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ayol xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida fikr-mulohaza almashishdi. Shuningdek, xotin-qizlar salomatligiga e’tibor qaratish, ular o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni  tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Axborot xizmati