2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 418,8 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 30,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 108,0 % ni tashkil qildi. Shahar va tumanlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Nukus shahri (472,7 mlrd. so‘m), To‘rtko‘l (313,8 mlrd. so‘m), Amudaryo (237,4 mlrd. so‘m), Beruniy (211,4 mlrd. so‘m), Ellikqalʼa (156,2 mlrd. so‘m), Chimboy (139,3 mlrd. so‘m), Mo‘ynoq (131,5 mlrd.so‘m) hamda Nukus tumani (113,1 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Axborot xizmati