15/12/2023

    2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, joriy yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning milliy modelidagi barcha bosqichlar va jarayonlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Axborot xizmati