Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda eng so‘nggi chet el texnologiyalarida zamonaviy mebel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Joriy yilning 14-dekabr kuni boshqarma yosh xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “MURATBEK MEBEL” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot xizmati