Joriy yilning 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 15-noyabr kungi O‘RQ-878-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 22-noyabr kungi O‘RQ-879-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Axborot xizmati